AKMULLA



AKMULLA Miftaxetdin Kamaletdinovich (1831.14.12— Ufa gubernyasi, Tusanbay qishlog’i—1895.21.10) — boshqird ma’rifatparvar shoiri; tatar va qozoq adabiyoti namoyandasi. Turkiy tilda, jumladan, qozoq tilida she’rlar ijod qilgan. She’rlarida oddiy insonni madh etadi, xalqni bilim olish va hunar o’rganishga chaqiradi, adolat hamda oqillikni ulug’laydi. 1904 yilda alohida she’riy to’plami nashr etilgan. Shoir nomi (“Akmulla”) bilan 1911-16 yillarda hajviy jurnal nashr etilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz