Akmaljon Qoʻchqorov





Akmaljon Ortiqovich Qoʻchqorov  — oʻzbek diplomati. 2013—2016-yillarda Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazidagi vakili, 2016-yildan Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchisi.




Biografiya



1977-yil 11-dekabrda tugʻilgan.



Maʼlumoti



1994-1996 — Andijon davlat chet tillari instituti talabasi.


1997-1999 — Toshkent universiteti talabasi.


1999-2001 — Missuri-Kolumbiya universiteti talabasi.


2009-2011 — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi.



Mehnat faoliyati



2001-2002 — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi.


2002-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon axborot agentligiining 1-toifali mutaxassisi, 2-toifali mutaxassisi.


2005-2008 — O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi 2-kotibi, 3-kotibi.


2008-2012 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari va Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi 1-kotibi.


2012-2016 — O‘zbekiston Respublikasining Qozogʻistondagi elchixonasi maslahatchisi.


2013-2016 — O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazidagi vakolatli vakili.


2016-yildan — O‘zbekiston Respublikasining Turkmanistondagi favqulodda va muxtor elchisi.


Ingliz tilida gapiradi. Uylangan, uch farzandi bor.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz