Akmaljon Mahmudaliyev





Akmaljon Azimjonovich Mahmudaliyev  — oʻzbek iqtisodchisi, davlat arbobi. 2022—yildan Sirdaryo viloyati hokimi.



Biografiyasi



1974-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.


1995-yilda Samarqand kooperativ institutini tugatgan.


2005-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan.


1995-1997 — Fargʻona tumani „Matlubotsavdo“ aksiyadorlik jamiyati hisobchisi.


1997-1999 — „Fargʻona don mahsulotlari“ OAJ hisobchisi, laboratoriya boshligʻi oʻrinbosari.


1999-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat don inspeksiyasi Fargʻona hududiy boʻlimi yetakchi davlat don inspektori.


2000-2001 — „Fargʻona don mahsulotlari“ OAJ laboratoriya boshligʻi oʻrinbosari.


2002-2007 — „Fargʻona don mahsulotlari“ aksiyadorlik jamiyati laboratoriya laboranti, boshligʻi oʻrinbosari


2007-2013 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat don inspeksiyasi Fargʻona hududiy boʻlimi bosh davlat don inspektori, yetakchi davlat don inspektori.


2013-2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat don inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari.


2018-2022 — Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumani hokimi.


2022-2022 — Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari.


2022-yildan — Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi.



Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz