Akmal Xolmurodov
Akmal Xolmurodov (ruscha: Холмурадов Акмаль; inglizcha: Kholmuradov Akmal; 4-yanvar, 1989-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston Olimpya terma jamoasi tarkibida oʻnagan.
Futbolchilik faoliyati
Akmal faoliyatini Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida boshlagan. Poytaxt klubi safida ikki mavsum davomida oʻynaganidan soʻng 2010-yilgi mvasumda Namanganning „Navbahor“ jamoasiga oʻtgan. „Navbahor“ jamoasida yarim mavum davomida oʻynaganidan yana „Paxtakor“ jamoasi tarkibiga qaytgan. Paxtakor klubi safida keyinchalik yana ikki mavsum oʻynagan xolda 2011 yilgi mavsumda Oʻzbekiston Kubogida gʻalaba qozoshida hissa qoʻshdi. 2012-yilgi mavsum yozgi transfer oynasi vaqtida „Buxoro“ klubi tarkibiga oʻtgan. 2013-yilgi mavsumda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2016-yilgi mavsumda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubi takibiga oʻtgan. 2017-yilgi mavsumda „Qoʻqon 1912“ klubi shartnoma imzolagan. 2020-yilgi mavsum soʻnggida Yaypanning „Turon“ jamoasi tarkibida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Yutuqlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org