Akmal Shorahmedov





Akmal Shorahmedov 1986-yili 10-mayda Sovet Ittifoqi tarkibida boʻlgan Oʻzbek Sovet Sotsialistik Respublikasining Jizzax shahrida tugʻilgan. Sobiq futbolchi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, ampluasi himoyachi. Hozirda Paxtakor U-21 jamoasida jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy hisoblanadi.




Futbolchilik faoliyati



Akmal professional futboldagi ilk faoliyatini tugʻilib oʻsgan Jizzax shahri klubi Soʻgʻdiyona tarkibida boshlagan. Soʻgʻdiyonada ikki mavsum oʻynagan, 51ta oʻyinda maydonga tushib raqiblar darvozasini 1 marta ishgʻol qilgan. 2007-yilning bahoriga kelib u Namanganning Navbahor klubiga oʻtadi va u yerda bir mavsum oʻynaydi 16ta uchrashuvda maydonga tushadi.


2008-yilning boshida yana Jizzaxga qaytib Soʻgʻdiyona klubi bilan shartnoma imzolaydi va u klubda 1 yil davomida 30 ta oʻyinda oʻynab raqiblar darvozasini 3 marta ishgʻol etgan.


Akmal 2008-yilning dekabr oyida Andijonning Andijon klubi bilan shartnoma tuzadi. Andijon klubi tarkibida futbolchi haqiqiy lider oʻyinchiga aylanadi va ikki mavsum oʻynab 53 marta maydonga tushadi. Oʻsha yili Akmal milly teram jamoa murabbiyining diqqat eʼtiboriga tushadi.


2011-yili Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imozalaydi va hozir ham ushbu klub sharafini himoya qiladi. 2017-yil 6 yillik mavumdan soʻng qaldirgʻochlar bilan Akmal yangi mavsumda Qarshining „Nasaf“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Qashqadaryoliklar safida bir mavsum toʻp surgan soʻng, 2018-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2019-yilgi yangi mavsumda Olmaliqning „AGMK“ klubi bilan shartnoma imzoladi va 2 mavsum davomida konchilar sharfini himoya qildi. 2020-yil mavsum yakunida AGMK safini tark etgan Shorahmedov yangi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnom imzoladi va Oʻzbekiston Pro ligasi chempioni boʻldi. Mavsum oxirida faoliyatini yakunladi.



Terma jamoadagi faoliyati



Akmal terma jamoa tarkibiga 2010-yili taklif etilgan va ilk bora Albaniyaga qarshi kechgan oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan.


2014-yilgi jahon chempionati saralash bosqichi 4-roundida Oʻzbekiston Janubiy Koreya termasiga qarshi kechgan oʻyinda Akmal Shorahmedov oʻz jamoasiga avtogol urib qoʻygan va jamoani chempionatga chiqish rejasini qiyinlashtirgan edi.


2015-yilgi Osiyo kubogida terma jamoa tarkibida 3ta oʻyinda maydonga tushgan. 2022-yil may oyida Oʻzbekiston terma jamoasi va Italiyaning A Seriyasi yulduzlaridan tashkil topgan uchrashuvda qatnashdi va terma jamoadagi xayrlashuv uchrashuvini oʻtkazdi.



Murabbiylik faoliyati



2021-yil Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi safida Oʻzbekiston Pro ligasi chempionligini qoʻlga kiritgach faoliyatiga yakun yasadi va Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy lavozimiga shartnoma imzoladi. Hozirda Paxtakor U-21 jamoasida jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy hisoblanadi.



Yutuqlar



Bunyodkor

Neftchi




Manbalar




Havolalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz