Akmal Kamolov





Akmal Saydakbarovich Kamalov  — oʻzbek muhandisi, davlat arbobi. 2014-2015-yillarda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi.



Biografiyasi



1967-yil Sirdaryo viloyatida tugʻilgan.


1991-yilda Toshkent temiryoʻl muhandislari institutini injener-mexanik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.


1991-1994 — Oʻrta osiyo temir yoʻllari Toshkent teplovoz deposida elektr-ekipaj sexining brigadiri, avtomat sexining ustasi.


1994-1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Yevropa ittifoqi komissiyasining texnik muvofiqlashtirish byurosida ishlagan.


1996-2001 — TRASEKA loyihasi koordinatori.


2001-2005 — „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ DATK Tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi MDH davlatlari bilan ishlash boʻyicha boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi boshligʻi.


2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomladi va magistr darajasini oldi.


2005-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining oʻrinbosari.


2005-2011 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari.


2011-2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari.


2014-2015 — Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi.


2015−2017 — „Oʻzpaxtasanoateksport“ xolding kompaniyasi boshqaruv raisi.


2018-yil 4-yanvardan „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi o‘rinbosari.



Oilasi



Oilali, ikki nafar oʻgʻil va bir qizi bor.



Manbalar









uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz