Akmal Burxanov





Akmal Burxanov Eshondedayevich (tug'.1981-yil 26-may, Namangan viloyati, O'zbekiston SSR, SSSR) — O'zbek jamoat va siyosiy arbobi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi III-IV chaqiriq deputati, "Yuksalish" umummilliy harakatining raisi (2019-2020), 2020-yil 14-iyuldan O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi direktori.



Biografiyasi



Akmal Burxanov 1981-yil 26-mayda Namangan shahrida tug'ilgan.


2001-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (TDYUI) imtiyozli diplom bilan tugatib, bakalavr darajasini olgan.


2001-mehnat faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida boshlagan.


2002-2008-yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida bo'lim boshlig'i lavozimida ishlagan.


2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (TDYUI) imtiyozli diplom bilan tugatib, Magistr darajasini olgan..


2007-yilda Nagoya universitetini tugatgan. U ushbu universitetning doktorantidir.


2006-yilda Yaponiyaning "Toyota Gosei" kompaniyasida stajirovka o'tagan.


2009-yilda Rossiya Huquq Akademiyasida Вstajirovka o'tagan.


2009-2015-yillarda Nagoya universitetining O'zbekistondagi vakolatxonasi ijrochi direktori bo'lib ishlagan.


2014-yilda u O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan.


Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo'mitasi aʼzosi.


2015-yildan beri O'zbekiston-Yaponiya parlamentlararo guruh aʼzosi.


YXHT Parlament Assambleyasi aʼzosi.


"O'zbekiston-AQSh" parlamentlararo guruhi aʼzosi.


2017-yil fevral oyida "Taraqqiyot strategiyasi" markazining ijrochi direktori etib tayinlandi.


2017-yildan boshlab Fuqarolik jamiyati institutlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha parlament komissiyasining aʼzosi.


2018-yildan boshlab O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo'yicha maslahat kengashi aʼzosi.


2019-yilda ikkinchi marta O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan.


2019-yildan "Yuksalish" Umummilliy harakati raisi.


2020-yildan O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori.


2020-yildan O'zbekiston Respublikasi Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzosi.



Mukofotlar




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz