Akmal Azizxoʻjayev




Akmal Abduazimovich Azizxoʻjayev (1936-yil 8-noyabr, Toshkent – 2008) – futbolchi, sport ustasi (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi (1992). 1954-yildan „Spartak“ futbol jamoasida oʻynagan. „Paxtakor“ jamoasi sardori va himoyachisi (1960-65 yillar). Buxoroning „Fakel“ (1966) hamda Nukusning „Amudaryo“ (1983) jamoalarida bosh murabbiy. 1996-yildan respublika oliy futbol maktabining direktori. Uning murabbiyligidagi Oʻzbekiston oʻsmirlar futbol terma jamoasi Osiyo chempionati musobaqalarida ishtirok etib (1994) Oʻrta Osiyo respublikalari orasida gʻolib chiqqan va final uchrashuvlarda qatnashgan.




Faoliyati



Akmal futbolchilik faoliyati dastlab Buxorodagi mahalliy jamoada boshlagan. Keyinchalik Toshkent viloyatining „Sverdlovets“, Toshkentning „Spartak“ klublarida oʻynagan. 1956-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarkibiga oʻtdi va 9 yil davomida poytaxt jamoasi tarkibida oʻynagan. Faoliyatini soʻnggida „Buxoro“ klubida toʻp surgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng murabbiylik faoliyatini boshladi va bir qator jamoalar jumladan Aral samali jamoasiga bosh murabbiylik qilgan.



Adabiyotlar




Manbalar




Havolalar



Akmal Azizxoʻjayev Footballfacts saytidagi futbolchi profili



Akmal Azizkhodzhaev Transfermarkt saytidagi futbolchi profili









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz