Akmal, ajdarho va malika
Akmal, ajdarho va malika — 1981-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi tomonidan prokatga chiqarilgan sovet bolalar badiiy filmi boʻlib, suratga olish ishlari Toshkentda boʻlib oʻtadi.
Mazmuni
Mazkur film sarguzasht izlab bir necha bor uyidan qochgan Akmalni qidirishdan boshlanadi. U topilgach, ertaklar olamida sayr qilganini aytib oʻtadi. Film qahramoni oʻzini ertaklar olamiga tushib qolgani, u yerda Goʻzal ismli malikani hayoti xavf ostida ekanini eslaydi: quyosh botishi bilan uni Qorabotir ajdarho oʻgʻirlashini aytadi va u sehrgar chol yordamida malika va shahar aholisini qutgargani yoʻlga otlanadi.
Biroq Akmal kechikadi — u shaharga kirib kelganida allaqachon ajdarho kelib, malikani oʻgʻirlab, qolgan aholini sehrlab qoʻygan boʻladi. Ajdarho kelgan paytida stol tagiga yashiringan malikaning otasi xon jodudan qutulib qoladi. Akmal ajdarhoning izidan yoʻlga tushadi, xon esa tasodifan qoʻl ostidagi xizmatkorlariga teginib, haykaldek qotib qoladi. Yoʻlda Akmal tishi ogʻriyotgan jodugarga duch keladi. Akmal uni tishini sugʻurib, yalmogʻizni azobdan qutqaradi va u minnatdorchilik bildirib, bolaga yordam berishga qaror qiladi.
Akmal ajdaho bilan jang qiladi. Uni qidirayotgan milisioner Nuriyev ham yordamga shoshiladi. Birgalikda ular ajoyib choʻgʻdek qizil lola yordamida Qorabotir ustidan gʻalaba qozonishadi.
Film musiqasi
Filmda bastakor Yevgeniy Shiryayevning Yuriy Stepchuk sheʼrlari asosida yozilgan uchta qoʻshiq: „Oltin yolli ot“, „Men — 100 yillik cholman“ va „Men jodugarman“ qoʻshigʻi taqdim etilgan.
Rollarda
Manbalar
Tomosha qilish uchun
Акмаль, дракон и принцесса (1981). Фильм-сказка Youtube.com
uz.wikipedia.org