AKINO (AYASHPO) KORASON (1933.25.1, Tarlak viloyati) — Filippin tarixida 1-ayol-prezident (1986-92). Obro’li Koxuangko oilasidan. Mamlakatda F. Markosning avtoritar tuzumiga qarshi kurashgan B. Akinoning bevasi. 1986 yil Fevralda Maniladagi ommaviy namoyishlar natijasida F. Markos diktaturasi tugatilgach, hokimiyat tepasiga kelgan. 1987 yil hozirda ham amalda bo’lgan demokratik Konstitutsiya qabul qilingan. Akino hokimiyatni boshqargan dastlabki davrda “diktatura qurboni va demokratiya xaloskori” sifatida juda mashhur bo’lgan. Iqtisodiyotni modernizasiyalashga harakat qilgan.Qashshoqlik va korrupsiyaga qarshi kurashgan. Hukmron doiralar orasidagi ichki ziddiyatlar va muxolifatning faollashuvi natijasida Akino siyosati samarasiz bo’lgan. Biroq Akino hokimiyatni Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan muddat tugaguncha idora etib hokimiyatni yangi prezidentga demokratik asosda topshirishga erishgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish