AKINEZIYA



AKINEZIYA (Yunoncha a — inkor qo’shimchasi va kinesis — harakat) — faol harakatlar bo’lmasligi, ixtiyoriy harakatning qiyinlashuvi. Bosh miya po’stloq osti to’qimalarining yallig’lanishi, jarohatlanishi, tushkunlik holatlari, ayrim dorilarni suiiste’mol qilish va b. sabab bo’ladi. Akineziyada muskullar taranglashadi, titrash, qaltirash alomatlari paydo bo’ladi, yuz muskullarining qotib qolishi natijasida bemorning yuzidagi imo-ishora (mimika) tuyg’ulari sezilmaydi, u yurib ketayotganida qo’llari mutanosib harakat qilmay qotib qoladi, tupuk yutish qiyinlashadi, og’izdan so’lak oqadi va boshqalar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz