AKBAROVA Munojatxon Abdurazzoqovna (1941.22.4, Bekobod tumani) – O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1996). Andijon pedagogika institutining tarix fakultetini tugatgan (1967). 1960-72 yillarda Xo’jaobod tumanidagi 14-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi, maktab direktori o’rinbosari, 1972 yildan 18-maktab direktori. Akbarova rahbarlik qilayotgan jamoa “Yil maktabi— 94” respublika ko’rik tanlovida faol ishtirok etdi. Uning tashabbusi bilan maktab muzeyi tashkil etildi, maktabning moddiy texnika bazasi boyitildi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish