Akbarov Habibulla Asatovich
Habibulla Asatovich Akbarov (24-mart 1936-yil, Toshkent — 8-aprel 2023-yil, Toshkent) – geolog olim.
Faoliyati
Oʻzbekiston fanlar akademiyasi akademigi (1994). Geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1986), professor (1992). Oʻrta Osiyo politexnika institutining geol.-qidiruv fakultetini tugatgan (1958). Oʻrta Osiyo geol. va mineral xom ashyo institutida sektor mudiri (1968-79), boʻlim mudiri (1979-86), direktor oʻrinbosari (1987–91). 1992–96 yillarda ToshDTU prorektori va ayni vaqtda shu universitet foydali qazilma konlari kafedrasi mudiri. 1996-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Yer haqidagi fanlar boʻlimi raisi va fanlar akademiyasi Prezidiumi a’zosi (1997-yildan). A.ning ilmiy ishlari endogen ruda konlari va maydonlari tuzilishi, ularning paydo boʻlish va joylashish qonuniyatlarini oʻrganish, rudalarni izlash va bashoratlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga bagʻishlangan.As.Tabiiy muhitni muhofazalashning geologiya asoslari, T., 1996 (hammuallif).
Manbalar
uz.wikipedia.org