Akbarobod tabiat yodgorligi


























Akbarobod tabiat yodgorligi  — Farg‘ona viloyatining Quva tumani hududida joylashgan.




Joylashuvi



Tabiiiy yodgorlik Quva tumanining „M.Sherboʻtayev“, „A.Navoiy“ va „Dehonobod“ nomli massivlar bilan chegaralangan boʻlib, jami 395 ha (3.95 km; 1.53 mi²)ni tashkil etgan. Hudud dengiz sathidan 427 metr balandlikda joylashgan boʻlib, bugungi kundagi yer maydoni 8 ha (0.080 km; 0.031 mi²)ni tashkil etadi.



Tashkil etilishi



Quva tumani hokimining 2003-yil 14-maydagi 388-sonli „Muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomini berish toʻgʻrisida“gi qaroriga asosan qumliklarga muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan. Ushbu tabiat yodgorliklariga pasport ishlab chiqilib, Quva tuman xokimligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanib, yuqoridagi Katta Dehqonobod va Katta Qishloq mahalla fuqarolar yigʻinlariga nazorat qilish uchun biriktirib berilgan. Muhofaza etiladigan qum barxani tabiiy holatda saqlanmoqda.


Tashkil etishdan maqsad-tabiiy qum barxanlarini saqlab qolishdan iborat.



Oʻsimliklar qoplamasi



Tabiiy yodgorlikda yarim butalarning 5-6 turi, ko‘p yillik o‘tlarning 7-8 turi, bir yillik va ikki yillik oʻsimliklar ham oʻsadi.



Ahamiyati



Ushbu tabiat yodgorliklariga pasport ishlab chiqilib, Quva tuman hokimligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanib, Katta Dehqonobod va Katta Qishloq mahalla fuqarolar yigʻinlariga nazorat qilish uchun biriktirib berilgan. Muhofaza etiladigan qum barxani tabiiy holatda saqlanmoqda.



Foydalanilishi



Tabiat yodgorligi atrofidagi yerlar qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun oʻzlashtirilgan va baliqchilik havzalari tashkil etilgan.



Yana qarang




Manbalar










uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz