Akbar Toʻrayev





Akbar Toʻrayev 1989-yili 27-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. Ampluasi darvozabon, Fargʻonaning Neftchi futbol klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi.




Faoliyati



Akbar Toʻrayev 2007-yildan beri faqat bitta Bunyodkor klubida oʻynab kelmoqda. Klubdagi ilk professional debyut oʻyinini 2010-yilning 26-iyunida Oʻzbekiston kubogi musobaqasida Andijonning Andijon klubiga qarshi kechgan oʻyinda oʻtkazgan. Oʻzbekiston chempionatidagi ilk uchrashuvini esa 2012-yilning 17-noyabrida Zarafshonning Qizilqum klubi bilan boʻlgan oʻyinda oʻtkazgan, oʻshanda u zaxiradan maydonga tushgan edi.


U koʻpicha klub zaxira oʻrindigʻida qolib ketar edi, faqat 2014-yilga kelib u Bunyodkorning asosiy darvozaboniga aylandi va oʻsha mavsumda u 16ta oʻyinda qatnashdi, shulardan 5tasi Oʻzbekiton kubogi uchrashuvlari, 4tasi esa Osiyo chempionlar ligasi oʻyinlari hisasiga toʻgʻri keladi. 2020-yilgi mavsumda Termizning „Surxon“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2021-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.



Terma jamoadagi faoliyati



Toʻrayev Oʻzbekiston yoshlar va olimpiyada terma jamoasida qatnashib ancha tajriba orttirgan.


Akbar Toʻrayev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safiga zaxira darvozabon sifatida ilk bora 2012-yilning fevral oyida chaqirildi. Terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini esa 2014-yilning 10-oktyabr kuni Bahrayn terma jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda oʻtkazgan.


Bosh murabbiy Mirjalol Qosimov Akbar Toʻrayevni 2015-yilgi Osiyo kubogi musobaqasida qatnashish uchun terma jamoa safiga qoʻshib oldi.



Statistikalar



Klub
2015-yil 3-mart kungi maʼlumotlar boʻyicha olindi.




Xalqaro

2014-yil 18-noyabrdagi maʼlumotlar boʻyicha



Manbalar




Havolalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz