Akbar Qo'ziyev






Akbar Qo‘ziev (1983-yil 17-yanvarda tug‘ilgan) — o‘zbek yunon-rum kurashchisi, Osiyo chempionati sovrindori.



Hayoti



1983-yilda Samarqand shahrida tugʻilgan. 2004-yil Osiyo chempionatida 4-o‘rin, Germaniya Gran-prisida 5-o‘rinni egallagan. 2005-yili Osiyo chempionatida 10, jahon chempionatida 20-o‘rinni egallagan. 2006-yilda Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi.


2010-yilda u yana xalqaro musobaqalarda qatnashdi, ammo unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi: Tbilisidagi Oltin Gran-prida bronza medalini qoʻlga kiritdi, Osiyo chempionatida 11-oʻrinni va jahon chempionatida 28-oʻrinni egalladi.








uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz