Akbar Ismatullayev
Akbar Ismatullaev — oʻzbekistonlik futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati
Akbar „Paxtakor“ futbol klubi akademiyasi tarbiyalamuvchisi hisoblanadi. Professional shartnomasini 2009-yil „Paxtakor“ jamoasi bilan imzoladi. Poytaxtliklar sharafini 2018-yilgi mavsumgacha himoya qildi. 2018-yil mavsum boshida Bekobodning „Metallurg“ jamoasi taklifini qabul qildi va 2 yil davomida bekobodliklar klubida toʻp surdi. 2020-yil Tailandning 7 kara chempioni „Buriram“ klubi bilan shartnoma imzoladi.
2020-yilning 11-sentyabr kuni Ismatulayevda COVID-19 testi ijobiy chiqdi, bu esa uni izolyatsiya qilishga majbur qildi. Buriramdagi oʻyin esa ikki kundan keyin „BG Pathum Yunayted“ bilan uchrashadi va uning debyuti keyinga qoldirilishi kerak edi. Keyinchalik, 14-sentyabr kuni u COVID-19 dan tuzalib ketgani haqida xabar berildi. Ismatullayevning debyuti 26-sentyabr kuni u Tailand ligasida ilk bor maydonga tushdi va Buriram oʻz maydonida Suphan Buri klubini 1:0 hisobida magʻlub etdi.
Ismatulayev klub safida barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi. U 2020-yilgi mavsumning birinchi oʻyinidan soʻng klub bilan xayrlashdi.
2021-yil yana Bekobodliklar safiga qaytib keldi ammo mavsum soʻngida ogʻir jaroxat oldi va mavsum soʻnggini, shuningdek yangi mavsumni boshlangʻich qismini oʻtkazib yubordi. 2022-yil yangi mavsumda Bekobodliklar bilan shartnomani ikki taraflama bekor qilindi va 2-davradan Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzoladi.
Yutuqlar
Klub
„Paxtakor“
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org