Akbar Azimov




Akbar Azimov (1885 – Toshkent – 1969) – yogʻoch oʻymakori, naqqosh. Otasi Saidazim Islomovdan hunar oʻrgangan. U oʻymakorlikdagi an’analarni davom ettirib, muqarnas va sharafalarni turli shakldagi taxtachalardan yigʻib, ularga naqsh berishda uziga xos usuli bilan tanilgan. Azimov Oʻzbekistonda oʻtkazilgan koʻrgazmalarda oʻz asarlari bilan qatnashgan. Ishlaridan namunalar Oʻzbekiston davlat san’at muzeyida saqlanmoqda.



Manbalar



















uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz