Akbar Atamuhamedov





Akbar Hamidovich Atamuhamedov ( oʻzbekcha: Akbar Atamuhamedov; 1987- yil 13 noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR ) — oʻzbek estrada xonandasi, bastakor, aktyor, radio va teleboshlovchi..SADO guruhning solisti va  badiiy rahbari (2004 yildan). Atamuhamedov gʻarbning mashhur qoʻshiqlariga oʻzbek milliy koverlarini uyg‘unlashtirish, Farrux Zokirov qoʻshiqlari hamda mualliflik kompozitsiyalarini ijro etish bilan orqali tanilgan. Uning diskografiyasida SADO guruhining bir qismi sifatida 1 ta yakkaxon va 3 ta albom mavjud. Akbar Hamidovich 20162016-yilda ,,Shuhrat” medali bilan taqdirlangan .




Biografiya



Akbar 1987-yil 13-noyabrda Toshkent shahrida Xamidjon Otamuhamedov ҳамда Yulduz Nasibaliyevalar oilasida yagona farzand bo‘lib dunyoga kelgan.





Akbarning musiqiy faoliyati 2001-yilda har yili o‘tkaziladigan ,,O‘zbekiston – Vatanim manim” vatanparvarlik qo‘shig‘i davlat tanlovida ,,Estrada qo‘shig‘i” nominatsiyasidagi g‘oliblik bilan boshlangan.


Atamuhamedov 2004-yilda birinchi ,,16-chi qo‘shiq” (,,16-chi qoʻshiq”) singli  hamda shu nomdagi videoklip bilan TV Markaz reytingida 2 oy davomida 1-oʻrinni egallagan va yana 2 oy davomida telekanal reytingida birinchi 3 talikka kirgan.


O‘sha yili Akbar bir qator musiqachilarni yig‘gan va guruh bilan faol ishtirok etadi, bir vaqtning o'zida ,,TERRA” radiosida radioboshlovchi va ,,TV Markaz” telekanalida Eurochart boshlovchisi sifatida ishlagan .


Farrux Zokirov, Roza Rimbayeva, Mansur Tashmatov, Jenisbek Piyazov, Shirin Mamatova, Nilufar Usmonova, Manzura, Samandar Hamroqulov kabi ijrochilar bilan duet kuylagan.


2005-2013-yillarda ,,Terra” radiosi bosh muharriri bo‘lgan.


2008-yilda uning guruhi Vladimir Baramikov (1970-1980-yillarda “Sado” oʻzbek vokal- ansambli guruhi rahbari) ruxsati bilan ,,SADO” nomi ostida ijod qilib, mashhur boʻlgan .


2016-yilda Akbar O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Ommaviy bayramlar rejissyorligi fakultetini (Baxtiyor Sayfullaev kursi) tamomlagan. 2017-yilda “Madaniyatshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha doktoranturaga o‘qishga qabul qilingan va ayni paytda ilmiy faoliyatini davom ettirmoqda.


Akbar Hamidovich 2016-yilda ,,Toshkentim” musiqiy filmida ishtirok etgan.


Xonanda shuningdek, 2018-yildan buyon ,,Sevimli” telekanalinda ,,Sevimli kun” ko‘rsatuvini olib boradi.



Oilasi



Xonanda 2008-yilda oila qurgan. Tushmur o‘rtog‘i Shahlo. Ularning bir nafar qiz farzandi bor .



Diskografiya



Yakkaxon




"SADO" doirasida




Filmografiya




Mukofotlar va unvonlar





Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz