Akaritsidlar




Akaritsidlar (yun. akari — kana va lot. caedo — oʻldiraman) — oʻsimlikxoʻr kanalar, ombor kanalari, shuningdek uy hayvonlari va parranda kanalariga qarshi qoʻllaniladigan kimyoviy moddalar. Oʻsimlikka sirtdan kel-tan, neoron, omayt, mitak, oltingugurt, ohak-oltingugurt qaynatmasi va singib taʼsir etuvchi (fosfamid, fozalon, kar-bofos va boshqalar) A. boʻlishi mumkin. Singib taʼsir qiluvchi A. oʻrgimchakkanadan tashqari yana oʻsimlik bitlarini va boshqa bir qancha soʻruvchi zararkunandalarni ham nobud qiladi. Ombor kanalariga qarshi metilbromid, xlorpikrin va boshqa Akaritsidlar. qoʻllaniladi. Dehqonchilik va bogdorchilikda A. asosan oʻrgimchakkanaga qarshi ishlatiladi (yana qarang Pestitsidlar).



Manbalar















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz