Akademasbob ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi
Akademasbob ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi (IICHB) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi farmoishi bilan markaziy ilmiy asbobsozlik loyixalash-komstruktorlik
va texnologiya byurosi asosida 1993 yilda tashkil etilgan. IICHB oʻz ish faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasini ilmiy texnik rivojlantirishning ustivor yoʻnalishlari boʻyicha
fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boriladi. IICHB tarkibida 5 ta loboratoriya, 6 ta texnik va texnologik boʻlimlar va eksperimental ishlab chiqarish korxonasi mavjud.
Birlashma faoliyati
Mustaqillik yillarida olingan fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalari asosida birlashmada oʻnlab asbob uskunalar va bir qator yangi texnologiyar yaratildi va xalq
xoʻjaligini turli tarmoqlariga joriy qilindi. Jumladan Yunusobod metro yoʻnalishi uchun turli turniketlar , energetika , santexnika , inshootlari va eskalatorlani
nazorat qiluvchi avtomatlashgan dispecher punktlari yaratildi va ishga solindi . Toshkent shahrining radon xaritasi yaratildi.Kichik va oʻrta biznes uchun import oʻnini
bosadigan kichik yogʻ zavodi, hoʻl mevalarni uzoq muddat saqlash uchun sublimatsion quritish texnologiyasi hamda birinchi marta magʻizni qayta ishlovchi texnologik
liniya yaratildi. Uning maxsuloti Germaniya sertifikatiga sazovor boʻlib chet ellarga eksport qilinmoqda. Harbiy oʻquv yurtlari uchun mikoprosessor element bazasi
asosida zamonaviy kompyuter mashgʻulot tizimlari ishlab chiqildi va ular oʻquv jarayonlarida qoʻllanmoqda. CRDF granti boʻyicha katta quvvatli lazer olindi va uning
asosida turli materiallarga ishlov berish boʻyicha izlanishlar olib borish maqsadida lazer texnologiya markazi barpo qilindi.IICHB olimlari Amerika , Germaniya ,
Yaponiya , Hindiston ,Rossiya, Ukraina ilmiy markazlari bilan faol hamkorlik qilmoqdalar. Birlashmada „Optika“ va „Fizikaviy elektronika“ sohalari boʻyicha asperantura,
„Radioaloqalar“ tuzilishi va „Asbobsozlik“ kafedralari filiallari mavjud. Birlashma olimlaridan fizika-matematika fanlari doktori R.A.Ganeev Xalqaro Optika Jamiyati
tomonida taqdim etilgan Galileo Galiley medali va mukofoti sovrindori boʻldi .
Manbalar
uz.wikipedia.org