Ak Bars Kazan
"Ak Bars" xokkey klubi (ruscha: Ак Барс, inglizcha: Snow Leopard) (shuningdek,
Ak Bars Kazan nomi bilan ham tanilgan) Qozon shahrida joylashgan Rossiya professional xokkey jamoasi hisoblanadi. „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi Kontinental xokkey ligasining Kharlamov divizioni aʼzosidir.
Tarixi
"Ak Bars Kazan" xokkey klubi dastlab, 1956-yilda „
Mashstroy Kazan “ nomi bilan tashkil etilgan boʻlib, keyinchalik 1958-yilda Sovet Ittifoqining B toifasi ligasiga kirgandan soʻng, uning nomi „
SC Uritskogo Kazan“ deb oʻzgartirildi. U, keyinchalik, Sovet xokkey ligasida A2 darajasiga koʻtarildi. „SC Utritskogo Kazan“ xokkey klubi ikki marta SSSR ligasida gʻolib boʻlib, 1962 va 1976-yillarda Rossiya chempioni nomini oldi.
„SC Uritskogo Kazan“ xokkey klubining eng muvaffaqiyatli davri 1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlariga toʻgʻri keldi. Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng, „SC Uritskogo Kazan“ nomi 1990-yilda „
Itil Kazan“ga aylandi.
1996-yilda Rossiya Superligasi (RSL) tashkil etilgandan soʻng, Tataristonda xokkeyning oltin davri boshlandi. Tatarlarning milliy ramzi boʻlgan qor qoploni sharafiga klub nomi „
Ak Bars Kazan“ nomiga oʻzgartirildi. „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi 1998-yilda RSL gʻolibi boʻldi.
2004—2005-yilgi mavsumda „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi Milliy xokkey ligasining 11 nafar xokkeychisi bilan shartnoma imzoladi. Ular orasida rossiyalik super yulduzlar Alexei Kovalev va Ilya Kovalchuk hamda kanadaliklardan Vincent Lecavalier va Dany Heatley kabi professinal xokkeychilar bor edi. Lekin „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi pley-offning birinchi bosqichida Yaroslavlning „Lokomotiv Yaroslavl“ xokkey klubiga imkoniyatni boy berdi. Undan soʻng, „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi 2006-yilda Rossiya xokkey ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi.
„Ak Bars Kazan“ xokkey klubi soʻnggi yillarda Sergei Zinovjev, Danis Zaripov va Alexei Morozov kabi mutaxassislar boshchiligida „ZZM“ liniyasida yetakchilik qildi. Vitaly Proshkin va Vladimir Vorobiev kabi faxriylar hamda Raymond Giroux, Petr Čajánek va Jukka Hentunen kabi chet el xokkeychilari bilan birgalikda „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi liganing eng yaxshi jamoalaridan biri boʻlib bormoqda.
Qozonning „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi Yaroslavlning „Lokomotiv Yaroslavl“ xokkey jamoasi va qoʻshni Ufaning „Salavat Yulaev Ufa“ xokkey jamoasi bilan kuchli raqib hisoblanadi.
Yutuqlar
Chempion
01 !
Rossiya chempionati (5): 1997—1998, 2005—2006, 2008—2009, 2009—2010, 2017—2018
01 !
Gagarin kubogi (3): 2008—2009, 2009—2010, 2017—2018
01 !
Opening kubogi (2): 2009—2010, 2020—2021
01 !
Rossiya Superligasi (2): 1997—1998, 2005—2006
01 !
IIHF Yevropa chempionlar kubogi (1): 2007
01 !
IIHF kontinental kubogi (1): 2007—2008
01 !
Sovet A2 daraja (3): 1962, 1985, 1989
01 !
Sovet B daraja (1): 1976
Ikkinchi o‘rin
02 !
Rossiya chempionati (5): 1999—2000, 2001—2002, 2006—2007, 2014—2015, 2019—2020
02 !
Gagarin kubogi (1): 2014—2015
02 !
Rossiya Superligasi (3): 1999—2000, 2001—2002, 2006—2007
03 !
Rossiya chempionati (1): 2016—2017
03 !
Gagarin kubogi (1): 2016—2017
03 !
Rossiya Superligasi (1): 2003—2004
03 !
IIHF kontinental kubogi (1): 1999—2000
Muntazam mavsum KHL natijalari
Oʻyinchilar
Joriy oʻyinchilar
2022-yil 25-iyun holatiga koʻra[2][3];
Franchayzing KHL reytingi yetakchilari
Bular franchayzing tarixidagi eng yaxshi oʻn ochko toʻpurarlarining jadvali hisoblanadi. Natijalar har bir tugallangan KHL muntazam mavsumidan keyin yangilanadi.
Eslatma: = hozirgi Ak Bars oʻyinchisi
NHL bitiruvchilari
Bosh murabbiylar
Taniqli bitiruvchilar
Manbalar
uz.wikipedia.org