Ajoyib Eremoxares





Ajoyib Eremoxares (Eremochares mirabilis) — yerkovlovlar (Sphecidae) turkumiga mansub Eremochares arilar turi.




Tavsif



Taxminan 20-30 mm uzunlikdagi yirik arilar. Oʻrta boldiri bir nayzali. Old oʻrta koʻkragi juftlashtirilmagan chiziqlar bilan ifodalangan.



Tarqalishi va yashash joyi



Oʻzbekiston (Janubi-gʻarbiy Qizilqum, Buxoro atrofi, Xiva), Qozogʻiston, Eron, Turkmaniston. Noyob, mahalliy tarqalgan turlar. Choʻl zonasining qumli va shoʻrhok hududlarda yashaydi.



Hayot tarzi



Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qoʻyishi – iyun-avgustda. Urgʻochilari chigirtkasimonlarni (Acridoidea) ovlaydi, ularni falajlab yerda kovlangan iniga joylashtiradi, soʻng ulardan biriga tuxum qoʻyadi.



Soni va muhofaza etish



Hamma joyda kam. Yakka tartibda uchraydi. Xoʻjalik maqsadlarida choʻl-qoʻriqlarning oʻzlashtirilishi, xususan, haydash, yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish hisobiga soni kamayib bormoqda. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.



Muhofaza choralari



Yashash joylari va sonini mukammal oʻrganish, yashash joylarida muhofazasini tashkil etish lozim.



Adabiyotlar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz