Ajnos




Ajnos (arab.- jins soʻzining koʻpligi — jinslar) — Sharq musiqa nazariyasida toʻrt va besh pogʻonali to-vush-atorlar — tetraxord va pentaxordlar. A.ning bir necha turi bor. Ajnosi zulmaddatayn — ikki „modda“ (katta sekunda)ni oʻz ichiga olgan jinslar; ularga bitta kichik sekunda qoʻshib, jin-slarning maʼlum turlari hosil etiladi. Ajnosi qaviya — qattiqjinslar; Aj-nosi layyina — yumshoq eshitiladigan jinslar; Ajnosi muloyima — yoqimli eshitiladigan jinslar; Ajnosi mufrad a — yakka jinslar, yaʼni mustaqil ishla-tiladigan jinslar.



Adabiyotlar



















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz