Ajloun gubernatorligi





Ajloun gubernatorligi (muqobil yozilishi Ajlun gubernatorligi ) (arabcha: محافظة عجلون) Iordaniya gubernatorliklaridan biri, Iordaniya poytaxti Amman shimolida joylashgan. Ajlun gubernatorligi aholi zichligi boʻyicha Iordaniyada toʻrtinchi oʻrinda (Irbid, Jerash va Balqa gubernatorliklaridan keyin) turadi. Aholi zichligi 350,1 kishi/km (2012-yil hisobi). Janubi sharqdan Jerash gubernatorligi, shimol va gʻarbdan Irbid gubernatorligi bilan chegaradosh.




Maʼmuriy boʻlinmalar



Ichki ishlar vazirligining maʼmuriy boʻlinmalar tizimining 14-moddasida Ajlun viloyati ikki boʻlimga ajratilgan.




Tarixi



Salib yurishlari davrida Saladinning generali Izzaddin Usama Ouff togʻida qal’a qurgan. Mintaqada mashhur Ajlun qal'asi (ilgari Qal’at Salah Ad-Deyn deb atalgan) joylashgan. Qal’a strategik muhim hudud Ajlounni salibchilardan himoya qilish uchun garnizon sifatida qurilgan edi.


Balqa va Karak gubernatorliklari bilan bir qatorda Ajloun ilgari Usmonlilar imperiyasining birlashgan sanjagi ed.



Iqlimi



Ajloun oʻzining balandligi bilan mashhur boʻlib, Iordaniyaning eng salqin shaharlaridan biri hisoblanadi. Yanvar oyidagi oʻrtacha maksimal harorat 8,2 daraja va minimal harorat oʻrtacha 2,8 daraja. Qishda tez-tez qor yogʻadi.



Demografiya



Aholini ro‘yxatga olish maʼlumotlariga ko‘ra:




Iqtisodiyot



Viloyat iqtisodining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil qiladi. 2008-yilda zaytun, uzum va meva yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining umumiy maydoni 141,4 kmni tashkil etdi. Bu Ajlun gubernatorligining 34%ini tashkil qiladi.



Taʼlim



Ajloun shahrida 28 ta boshlangʻich va oʻrta taʼlim muassasalari mavjud boʻlib, ularning aksariyati Ajloun universiteti kolleji (davlat kolleji) va Ajloun milliy universiteti, kichik xususiy universitet kabi davlat muassasalaridir.



Katta qishloqlar



Ajloundagi eng koʻzga koʻringan shahar va qishloqlar (Ajlounning oʻzidan tashqari) Ibbeen (Ebeen), Saxra, Mrajjam, Rasoun, Ain Janna, Kufranji, Anjara va Al Hoshimiyya.



Galereya




Manbalar












uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz