AJIN
AJIN — terining burishib qolishi, unda mayda ilonizisimon egatchalar paydo bo’lishi. Ajinda kishining fe’l-atvori ifodalanadi. Masalan, qoshlar o’rtasiga tushgan to’g’ri ikki chiziq mulohazali batartib insonlarga xos. Ko’z burchagidagi mayda Ajinlar quvnoqlik belgisi. Turli harakatlar tufayli yuzda ham Ajin paydo bo’ladi. Oftob tig’ida ko’p bo’ladigan kishilarning peshona va bo’ynini mayda Ajinlar bosadi. Ajin ko’pincha keksalarda yaqqol ko’zga tashlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz