Ajimat Matiyev




Ajimat Matiyev (1905-yil Olmaluu-Buloq qishlog'ida tavallud topgan,Fargʻona viloyati,Andijon tumani,) — Qirgʻiziston SSR Jalolobod viloyati, Achinsk tumani, Olmalu-Buloq kolxozi raisi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1948-yil).




Biografiyasi



Ajimat Matiyev 1905-yilda Olmalu-Buloq qishlogʻida (hozirgi — Jalolobod viloyati Suzoq tumani) dehqon oilasida tavallud topgan. 1920-yillarning oxirlarida hozirgi Qirgʻiziston janubidagi kolxoz harakatida faol yuritgan. Ajimat Matiyev birinchilardan bo‘lib tug‘ilib o‘sgan qishlog‘idagi qishloq xo‘jaligi arteliga ishga kirgan. 1934-yildan — Achinsk viloyati "Olmalu-Buloq" kolxozi raisi lavozimida ishlagan.
“Olmalu-Buloq” jamoa xoʻjaligini Jalolobod viloyatidagi ilgʻor qishloq xoʻjaligi korxonalari qatoriga olib chiqgan. Kolxoz 1947-yilda qoramol bo'yicha rejani 120 foizga, qo'y va yilqichilik bo'yicha 108,9 foizga, jun bo'yicha 110 foizga, sut bo'yicha 113 foizga ortig'i bilan bajargan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1948-yil 15-sentyabrdagi farmoni bilan Lenin ordeni va O‘roq va Bolg‘a oltin medali shuningdek Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1953—1960-yillarda Olmalu-Buloq qishlogʻi qishloq kengashi raisi, 1960—1987-yillarda Olmalu-Buloq kolxozining naslchilik fermasi boshligʻi boʻlib ishlagan.



Mukofotlari




Vafoti



Ajimat Matiyev 1991-yil 26-avgustda vafot etgan.



Adabiyotlar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz