Ajiboy qo‘ltig‘i





Ajiboy qoʻltigʻi  — Orol dengizining janubi-gʻarbidagi qoʻltiq. Maydoni 1000 km², uz. 41 km, eni 30 km, eng chuqur joyi 9,2 m boʻlgan. Orol dengizi sathining 8 m ga pasayishi tufay-li 1981-yil qoʻltiq kuridi. Ajiboy qoʻltigʻi tubi qirgʻoqqa yaqin (10-15 km masofagacha) yalang eol qum shakllari (barxan, doʻng va hokazo), undan shimoliy esa qoldiq, taqir va faol shoʻrxoklar bilan band. Qumliklarda qora saksovul, cherkez, qandim, shoʻra, shoʻrxoklarda sarisazan, yulgʻun, qorabaroq oʻsadi. Sudoche koʻlidan bosh-langan yer osti suvlarining oqimi mav-judligidan grunt suvlari sathi yer yuzasiga yaqin joylashganligi uchun Ajiboy qoʻltigʻida galofit oʻsimliklari keng tarqalgan.



Adabiyotlar
























uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz