Ajdar o'rgatuvchilar 3: Yashirin dunyo
Ajdar oʻrgatuvchilar 3: Yashirin dunyo (inglizcha:
How to Train Your Dragon: The Hidden World ) 2019-yili chiqarilgan jangari-fentezi janridagi kompyuter-animatsion filmdir. DreamWorks Animation studiyasi tomonidan ishlangan va Universal Pictures tomonidan tarqatilgan. Film gʻoyasi Cressida Cowellning shu nomli romanlar seriyasiga asoslangan. Filmga ovoz bergan aktyorlar sirasiga Jay Baruchel, America Ferrera, Cate Blanchett, Craig Ferguson va F. Murray Abraham kirishadi. Film 2014-yilgi Ajdar oʻrgatuvchilar 2 filmining sikveli hisoblanadi.
Ajdar oʻrgatuvchilar 3: Yashirin dunyo filmi premyerasi Avstraliyada 3-yanvar 2019-yil, AQShda 22-fevral 2019-yilda boʻlib oʻtdi. Film $129 millionlik budjeti bilan dunyo boʻylab $525 million ishlab topdi.
Filmning reboot versiyasi 14-mart 2025-yilda chiqariladi.
Ovoz berganlar
Oʻzbekcha dublyaj
Film „Favvora“ film studiyasi tomonidan oʻzbek tiliga oʻgirildi. Rejissor va ovoz rejissori — Jamshid Tangliberdiyev, rejissor yordamchisi — Raʼno Suyunova, tarjimon — Maftuna Mavlonova, montaj ustasi — Hamidulla Latipov, texnik xodim — Muhammadali Rashidov, muharrir — Baxtiyor Karimov.
Musiqasi
Relizi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org