Ajdar o'rgatuvchilar






Ajdar oʻrgatuvchilar (inglizcha: How to Train Your Dragon ; asl tarjimasi: Ajdaringizni qanday tarbiyalash kerak) 2010-yili chiqarilgan jangari-fantaziya janridagi kompyuter-animatsion filmdir. DreamWorks Animation studiyasi tomonidan ishlangan va Paramount Pictures tomonidan tarqatilgan. Film gʻoyasi Cressida Cowellning 2003-yilda yozilgan shu nomli kitobiga asoslangan. Filmga ovoz bergan aktyorlar sirasiga Jay Baruchel, Gerard Butler, Craig Ferguson, America Ferrera, Jonah Hill, Christopher Mintz-Plasse, T.J. Miller va Kristen Wiig kirishadi.


Film Oscar mukofotiga nomzod etilgan (Eng yaxshi animatsiya hamda Eng yaxshi soundtrack); biroq, tegishli toifalarda Oʻyinchoqlar tarixi 3 va Ijtimoiy tarmoq filmlariga yutqazgan.


Ajdar oʻrgatuvchilar filmi afsonaviy Viking olamida sodir boʻladigan voqeani hikoya qiladi. Film 2010-yil 26-martda ekranlarda namoyish etila boshlandi. Uning keltirgan daromadi $500 millionga yaqinlashib, DreamWorks Animationʼning beshinchi eng omadli filmi boʻldi (4 ta Shrek filmlaridan keyin). Ajdar oʻrgatuvchilar kinotanqidchilar tomonidan juda xush qarshilandi, u 98% reyting bilan baholandi.


Film sikvellari — Ajdar oʻrgatuvchilar 2 va Ajdar oʻrgatuvchilar 3: Yashirin dunyo mos ravishda 2014 va 2019-yillarda chiqarilgan.




Ovoz berganlar




Musiqasi




Relizi




Mukofotlari




Manbalar




Havolalar
















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz