AJANTA — Hindistonning g’arbidagi shaharcha nomi bilan yuritiluvchi me’moriy majmua. Avrangoboddan shimoliy- Sharqida, Mahorashtra shtatida. Ajanta Vagxora daryosi yoqasidagi tosh qoyalarga yasalgan 29 Budda ibodatxonalaridan iborat (miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 7-asr). Jami 29 ta g’or ichiga zal ishlangan. Ajanta majmuasi qadimiy xalq me’morligi uslubida yaratilgan. Ajantaning keyingi qurilgan qismlari haykallar va devoriy rasmlar bilan bezatilgan. Ularda tantanali shodiyonalar va xalq san’ati aks ettirilgan. San’atkorlar haykaltaroshlik va rassomlik asarlariga xalq badiiy ijodiga xos realistik ruh va go’zallik bera olganlar. Ad.: Tyulyaev S. I., Arxitektura Indii, M., 1939.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish