Ajwain
Ajwain ,
ajowan (/ˈædʒəwɒn/) yoki
Trachyspermum ammi —
ajovan, zira ,
omam (tamil tilida),
timol urugʻi ,
yepiskop oʻti nomi bilan tanilgan ziradoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻt. Oʻsimlikning barglari va urugʻi odamlar tomonidan isteʼmol qilinadi.
Tavsif
Ajwainning mayda, oval shaklidagi, urugʻga oʻxshash mevalari och jigarrang rangda boʻlib, ular ziradoshlar oilasiga mansub zira va arpabodiyon kabi boshqa oʻsimliklarning urugʻlariga oʻxshaydi. Ular achchiq va oʻtkir taʼmga ega, taʼmi arpabodiyon va oreganoga oʻxshaydi.
Oʻstirish va ishlab chiqarish
Ajwain quruq va unumsiz boʻlgan hududlarda oʻsishga moyildir. Bu ziravorlar Misrga xosdir, lekin Janubiy va Gʻarbiy Osiyoning koʻplab qismlarida, jumladan Eron, Hindiston, Pokiston va boshqa mamlakatlarda yetishtiriladi. Gujarat va Rajastan Hindistonning ajwain yetishtirish bilan mashhur boʻlgan mintaqalaridir.
Pazandachilikda foydalanish
Mevalar kamdan-kam hollarda xom holda isteʼmol qilinadi. Ular odatda quruq yoki yog‘da qovutilgan holatda isteʼmol qilinadi, bu ziravorning yanada nozik va murakkab ta‘mli bo‘lishiga imkon beradi. U Hindiston yarimorolining oshxonasida ko‘p qoʻllaniladi. Afgʻonistonda mevalar non va pechene ustiga sepiladi.
Ajwain urugʻlarni limon sharbati va qora murch bilan aralashtirib, keyin quritganda ogʻizni tozalash vositasi sifatida ham ishlatish mumkin.
Dori sifatida
Ajwain odamlarda kasallikka qarshi xususiyatlarga ega ekanligi haqida juda kam klinik dalillar mavjud. Ajwain kapsulalarda, suyuqlik yoki kukun ko‘rinishida sotiladi.
Ajwainni oʻsimlik aralashmalarida ogʻiz orqali ishlatish samarali yoki xavfsiz ekanligi haqida hech qanday dalil yoʻq.
Salbiy taʼsirlar
Homilador ayollarga homila rivojlanishiga salbiy taʼsis ko‘rsatishi mumkinligi tufayli ajwainni ishlatmasliklari kerak va uni emizikli ayollar iste‘mol qilishi tavsiya etilmaydi. Ogʻiz orqali qabul qilingan yuqori miqdorda yepiskop oʻti zaharli hisoblanadi va oʻlimga olib kelishi mumkin.
Efir moyi
Ajwain mevalarini gidrodistillash orqali asosan timol, gamma-terpinen, p-simen va 20 dan ortiq birikmalardan iborat efir moyi olinadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org