Aitze Bouma





Aitze Bouma (niderlandcha: Aitze Bouma)—gollandiyalik futbolchi, „Ayaks“, „Bom“ va „ADO Den Xaag“ klublarida hujumchi sifatida faoliyatini yakunlagan.1955-yil 24-oktabrda Donkerbruk shahrida shahrida tugʻilgan.



Tarjimai holi



Aitze Bouma 1955-yil 24-oktabrda Frizland provinsiyasidagi Oststellingverf munitsipaliteti tarkibiga kiruvchi Donkerbruk qishlogʻida tugʻilgan.Futbolchi sifatidagi professional faoliyatini Amsterdamning „Ayaks“ klubida boshlagan, u oʻz debyutini 1977-yil 1-mayda „Amsterdam“ klubiga qarshi oʻtkazgan va unda jamoasi 2:3 hisobida gʻalaba qozongan.Oʻzining debyut mavsumida Aitze chempionatning faqat ikkita uchrashuvida qatnashdi, ikkalasida ham zaxiradan maydonga tushdi.


Bouma „Ayaks“ uchun oʻzining birinchi golini 1977-yil 29-oktyabrda „BBB“ klubiga qarshi chempionat oʻyinida kiritib, hisobni 5:0 hisobida amsterdamliklar foydasiga hal qildi. 1978-yilning 1-martida u yevrokuboklarda Italiyaning "Yuventus" klubiga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi.


Butun mavsum davomida Bouma 12 ta rasmiy oʻyin oʻtkazdi −8 tasi chempionatda,3 tasi Gollandiya kubogida va 1 tasi Yevrokubokda.Oʻzini „Ayaks“ tarkibida koʻrsata olmaganidan soʻng,1978-yilning yozida Bouma jamoani tark etdi.Belgiya ikkinchi divizionida oʻynagan Belgiyaning „Bom“ klubiga oʻtdi.Ikki yil oʻtgach Bouma Gollandiyaga qaytib, „ADO Den Haag“ klubining oʻyinchisiga aylandi.Transfer summasi 175 ming guldenni tashkil etdi.


Yangi klubida 24 yoshli hujumchi „Westlands XI“ jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi va gol urdi."ADO" tarkibida Aitze uchun chempionatdagi birinchi oʻyin 1980-yil 23-avgustda „PSV“ga qarshi boʻlib oʻtdi, unda uning jamoasi 3:0 hisobida yirik magʻlubiyatga uchradi. Ikki mavsumda Bouma liganing 37 ta oʻyinida atigi ikkita gol urgan.1982-yilning yozida u jamoani tark etdi.


Ayni paytda u rafiqasi bilan Portugaliyada Arko de Baulle tumanida yashaydi, mehmonxona va turizm biznesi bilan shugʻullanadi.



Manbalar




Havolalar




Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "*", but no corresponding <references group="*"/> tag was found








uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz