Aishwarya Devan
Aishvarya Devan — hind aktrisasi va Kerala shtati goʻzallik tanlovi gʻolibi. Aishvarya Devan malayalam, tamil va kannada tillaridagi filmlarda rol oʻynagan. Devan 2017-yilda „Femina Miss India Maharashtra“ goʻzallik tanvlovida gʻoliblikni qo‘lga kiritgan va „Femina Miss India 2017“ goʻzallik tanlovida Maharashtra shtati vakili sifatida ishtirok etgan. Tanlov davomida Devan turli nominatsiyalarni qo‘lga kiritib, finalchilar qatoridan oʻrin egallaydi. Devanning hind kinosidagi debyuti „Kashi in search of Ganga“ filmidagi roli orqali boshlangan.
Yoshlik davri
Aishvariya Devan Kerala shtati, Palakkad tumani, Shoranur shahrida kelib chiqishi bangalorlik boʻlgan S. Devan va Sheeja Devan oilasida tavallud topgan.
Faoliyati
Devanning tamil kinosidagi ilk chiqishi Siddharth Rajkumar va Rakul Preet Singx bilan rol oʻynagan „Yuvan“ filmi hisoblanadi. Keyin malayalam tilidagi Dipan Devanni Shaji Kailas bilan tanishtiradi va Kailasning „Simhasanam“ filmida Prudxviraj Sukumaran bilan birgalikda ol oʻynaydi. Devan ikkala filmda ham „Plyus Two“ oʻquv dasturi orqali kollejga oʻqishga kirgan bangalorlik qiz rolini oʻynagan.
„Simhasanam“ filmidan soʻng Devan Balaning „The Hitlist“ va Major Ravining „Karmayodha“ filmlarida rol ijro etadi.
2013-yilda Aishvariya Devan V. K. Prakashning „Thank you“ filmida bosh rolni oʻynadi. 2014-yil boshida esa Devan rejissyor K. V. Anand tomonidan suratga olingan, 2015-yil boshida namoyish „Anegan“ nomli tamil filmida Dhanush bilan birga epizodik rolni ijro etgan.
Filmografiya
Manbalar
uz.wikipedia.org