AIR indeksi




AIR Index - bu 2019-yil fevral oyida Allow Independent Road-testing (AIR) tomonidan joriy qilingan avtotransport vositalarining emissiya darajasini baholash tizimi. Tizimning maqsadi avtotransport vositalarining shahar havosi sifatiga ta'sirini shaffof NOx emissiya testlari yordamida iste'molchilarga va siyosatchilarga ishonchli tarzda xabar berilishini qo'llab-quvvatlash.




Qisqacha



Indeks ortida Buyuk Britaniyada joylashgan notijorat tashkiloti AIR guruhi turadi. Ular davlat va xususiy tashkilotlardan jamlangan olimlar, akademiklar va iqtisodchilarning uyushmasidir. Bu uyushma iste'molchilar va siyosatchilarga avtotransport vositalarining shahar havosi sifatiga salbiy ta'sirini kamaytirishga yordam beradigan erkin va ishonchli ma'lumotlarni taqdim etishni o'ziga maqsad qilib olgan.AIR asoschilaridan biri Nik Molden shunday degan: "Yo'llarda havoga ajralib chiqayotgan zarali moddalarning sinovlari natijalarini shaffof nashr qilish havo sifatini yaxshilashning eng samarali usulidir". Uning yana bir kasbdoshi Massimo Fedeli shunday deydi: "Bu shaharlar va shaharchalardagi avtomobillarning haqiqiy ajratayotgan zaharli gazlar haqida tushunarli ma'lumot beradi".  AIR asoschilarining maqsadlari bu Euro NCAP sxemasi haqiqiy hayotda transport vositalarining xavsizligi ustiga ta'siri qanchalik bo'lgan bo'lsa AIR Index sxemasi ham haqiqiy hayotda transport vositalarining zarali gazlari ustiga ta'siri ham shunchalik bo'lishidir.



Avtomobilni baholash va reyting



AIR indeksi alohida avtomobil modellariga A, B, C, D yoki E reytingini beradi va shunday ketma-ketlikda yashil, sariq-yashil, sariq, sarg'ish yoki qizil ranglari bilan kodlaydi. (Evropa Ittifoqi energiya yorlig'i tizimi maishiy texnikalarni kodlashga kabi). Ushbu reytinglar quyidagi manbalar orqali tartiblanadi. Bular shaffof tarzda o‘lchanadigan avtomobilning azot oksidi (NOx) emissiyasi va kamida ikkita mustaqil tarzda o'lchanadigan haqiqiy shahar harakatlanish holatlarida ko‘chma chiqindilarni o‘lchash tizimi (PEMS) tizimi mavjud manbalar.


Reyting har bir kilometrga to'gri keluvchi milligramm (mg/km) NOx miqdoriga asosan quyidagicha taqsimlanadi: A (yashil) = 0-80, B (sariq-yashil) = 80-168, C (sariq) = 168-270, D (sarg'ish) = 270-600 va E (qizil) = 600 va undan ko'proq.


AIR Index sxemasi tatbiq etilganda Evro 6 ga mos keladigan oltita avtomobilning reytinglari e'lon qilingan edi.




Diyezelgait mojarosiga munosabatda AIR indeksi va uning ahamiyati



Volkswagen Dieselgate mojarosining dastlabki dalillarini topgan G'arbiy Virjiniya universiteti jamoasi rahbari, muqobil yoqilg'ilar, dvigatellar va emissiya markazi direktori Den Karder shunday degan edi: "Agarda AIR indeksi 15 yil oldin hayotga tatbiq etilmaganda edi, Dizelgeyt ishi bo'lmagan bo'lar edi."



Jaguar Land Rover (JLR) qatnashishi



Jaguar Land Rover (JLR) Yevropada birinchi bo'lib 2019-yil mart oyida o'z markalaridan bo'lgan yangi mashinalarni sinovdan o'tkazish uchun taqdim etdi.




Yana qarang




Foydalanilgan manbalar




Havolalar



Rasmiy sayti








uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz