Air Caraïbes
Air Caraïbes — Fransiyaning Gʻarbiy Hindistonidagi Gvadelupa shahrida joylashgan fransuz xususiy aviakompaniyasi.
Aviakompaniya aeroportlari Pointe-a-Pitre xalqaro aeroportida (Gvadelupa), Martinika Aimé Sezaire xalqaro aeroporti (Martinika) va Parij-Orli xalqaro aeroportida joylashgan.
Tarixi
Aviakompaniya dastlab Société Caribéenne de Transports Aériens nomi bilan tashkil etilgan va 1994-yilda oʻz faoliyatini boshlagan. 2000-yilda Air Guadeloupe lgari Air Vendée aviakompaniyasini boshqargan Groupe Dubreuil tomonidan sotib olindi. Air Caraïbes 2000-yilda bir nechta mahalliy aviakompaniyalar (Air Guadeloupe, Air Martinique, Air Saint Barthélémy va Air Saint Martin) birlashishi natijasida tashkil etilgan. 2002-yilda aviakompaniyaning yoʻlovchi tashish hajmi 445,5 ming yoʻlovchini tashkil etgan, daromad 68 million yevroni tashkil etgan.
2003-yil iyul oyida aviakompaniya birinchi ATR 72-500 ni sotib olgan. Oʻsha yilning dekabr oyida aviakompaniya Airbus A330-200 samolyotlarida Gvadelupadan va Martinikadan Parij-Orliga reyslarni yolga qoʻygan. 2006-yil iyun oyida aviakompaniya nechta Airbus A330-300 samolyotlarini sotib olgan.
2016-yil 14-dekabrda Air Caraïbes oʻzining birinchi ATR 72-600 samolyotini sotib olgan. 2017-yildan boshlab aviakompaniya Airbus A350 (birinchi A350-900 2017-yil 28-fevralda, yetkazib berilgan, A350-1000 esa 2019-yil 19-dekabrida yetkazib berilgan).
Egalari
Yoʻnalishlar
Air Caraïbes ham mintaqaviy, ham transatlantik reyslarni amalga oshiradi.
Kod-shering shartnomalari[9]
Air Caraïbes aviakompaniyasi quyidagi aviakompaniyalar bilan kodshering shartnomalariga ega:
Aviakompaniya, shuningdek, Fransuz milliy temir yoʻl tashuvchisi SNCF bilan kod-shering shartnomasiga ega.
Aviakompaniya, shuningdek, ilgari Aigle Azur va Corsair International bilan kodshering shartnomasiga ega edi.
Flot
Hozirgi flot[11]
Samolyotlarning oʻrtacha yoshi 8,2 yil.
Foydalanishdan chiqarilgan
Ilgari Air Caraïbes tomonidan ekspluatatsiya qilingan va hozirda xizmatdan chiqarilgan samolyot turlari:
Manbalar
uz.wikipedia.org