Air Canada





Air Canada (TSX: AC. A , TSX: AC. B ) Kanadaning eng yirik aviakompaniyasi boʻlib, Star Alliance asoschilaridan biri hisoblanadi. Aviakompaniyaning bosh aeroporti Monreal shahrida joylashgan boʻlib. Air Canada yoʻlovchi va yuk tashish boʻyicha dunyoning 207 ta yoʻnalishida rejali va charter reyslarini amalga oshiradi. Asosiy markazlar — Torontodagi Pearson aeroporti, Monrealdagi Per Eliot Trudeau aeroporti va Vankuver aeroporti. Qoʻshimcha markazlar esa Kalgari aeroportida joylashgan.




Tarixi



Kompaniya 1937-yilda Trans-Canada Airlines (TCA) sifatida tashkil etilgan va 1964-yilgacha shunday boʻlib qolgan. Aviakompaniya 1938-yilda transkontinental parvozlarni amalga oshira boshladi. 1949-yilda kompaniyaning asosiy aeroportini Vinnipegdan (Manitoba) hozirda joylashganMonrealga koʻchib oʻtadi. 1984-yil iyul oyidan boshlab kompaniya mijozlarini mukofotlash uchun Aeroplan dasturi joriy qilinadi. 1997-yilda u bir nechta aviakompaniyalar bilan Star Alliance kompaniyasiga asos solgan. 2000-yilda kompaniya Kanadaning ikkinchi yirik aviatashuvchisi Canadian Airlines ni sotib oladi. 2003-yilda aviakompaniya bankrotlikdan himoya qilish uchun daʼvo qiladi va keyingi yili ACE Aviation Holdings Inc sifatida qayta tashkil etiladi.



Flot



2021-yil iyul oyida Air Canada aviaparki oʻrtacha yoshi 9,7 yil boʻlgan 159 ta samolyotdan iborat edi:





Air Canada floti


Samolyot turi

Ekspluatatsiyada

Buyurtma qilingan

Yolovchi sigʻimi

Eslatmalar


Biznes

Premium

Ekonom

Jami


Airbus A220-300

24





12

125

137




Airbus A320-200

18



14



132

146




Airbus A321-200

15



14



169

183




Airbus A330-300

16



30

21

255

306




Boeing 737 MAX 8

24





16

153

169




Boeing 737 MAX 9





M/Y


Boeing 767-300ER

19





24

187

211




Boeing 777-200LR

6



40

24

236

300




Boeing 777-300ER

19



40

24

336

400


28

24

398

450


Boeing 787-8

8



20

21

210

251




Boeing 787-9

29



30

21

247

298




Jami

159






Birlashgan kompaniyalar




Faoliyat



Air Canada Kanada, Qoʻshma Shtatlar, Lotin Amerikasi, Evropa, Avstraliya va Osiyodagi 98 ta yoʻnalishlarga parvozlarni amalga oshiradi. Air Canada Jazz bilan hamkorlikda esa 160 ta yoʻnalishga parvozlar amalga oshirilmoqda.


Yoʻlovchi tashish boʻyicha rekordlar 2006 va 2017-yillarda boʻlib 34 va 48 million yoʻlovchi tashilgan.



Galereya




Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz