Air Austral





Air Austral  — shtab-kvartirasi Sen-Deni (Reyunion) shahrida joylashgan Fransuz aviakompaniyasi boʻlib, Reyuniondan Fransiya, Janubiy Afrika, Avstraliya, Yangi Kaledoniya va Hind Okeani qirgʻoqlarida joylashgan mamlakatlarga muntazam yoʻlovchi tashishni amalga oshiradi. Aviakompaniyaning asosiy aeroporti va uning asosiy tranziti (hub) Sen- Denidagi Rolan Garros nomidagi aeroporti hisoblanadi. 2012-yilda kompaniyada 900 kishi ishlagan.


Air Austral xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining toʻliq aʼzosi hisoblanadi.




Tarixi




Réunion Air Services (RAS) 1974-yil dekabr oyida biznesmen Jerar Etiève tomonidan asos solingan va Reunionda joylashgan birinchi tijorat aviakompaniyasiga aylangan. 1977-yil avgust oyida RAS 32 oʻrinli Hawker Siddeley HS 748 turboprop samoylyoti bilan Sent-Mari va Mayot oʻrtasidagi birinchi mintaqaviy yoʻnalishini yolga qoʻydi. 1986-yil dekabr oyida aviakompaniya oʻzining rasmiy nomini Air Réunion ga oʻzgartirdi.


1990-yil oktyabr oyida Air Réunion Sematra tomonidan sotib olindi, uning 46 % mahalliy hukumatga tegishli boʻlsa, qolgan 54 % xususiy tadbirkorlar va banklarga tegishli edi. Bir oy oʻtgach, aviakompaniya yana bir bor oʻzining rasmiy nomini hozirgi Air Austral ga oʻzgartirdi. Ikki oy oʻtgach, tashuvchi oʻzining birinchi Boeing 737-500 ni sotib oldi. Xuddi shu turdagi keyingi samolyot 1994-yilda foydalanishga topshirildi va uch yildan soʻng kompaniya Boeing 737-300QC ni ham sotib oldi, u ham yoʻlovchi va yuk tashish uchun ishlatilishi mumkin boʻlagan.


2008-yilda Air Austral ekipaj aʼzolari va kompaniya xodimlari uchun Balenciaga tomonidan ishlab chiqilgan yangi kiyimlarni taqdim etdi. Xuddi shu yili aviakompaniya parki ikkita ATR 72-500 turboproplari bilan toʻldirildi.


2010-yil iyun oyida aviakompaniya rahbariyati kelasi yilning fevral oyidan Reyuniondan Bordo va Nantga muntazam yoʻnalishlar ishga tushirilishini eʼlon qildi.


2012-yilning bahorida Air Austral Reyunion -Sidney-Yangi Kaledoniya yoʻnalishi boʻyicha rejalashtirilgan reyslar yopilganini eʼlon qildi.


2012-yil aprel oyida Air Austral buyurtma qilingan Boeing 777-200LR samolyoti uchun toʻlovni amalga oshira olmadi, aviakompaniya ushbu laynerni boshqa tashuvchilarga qayta sotish imkoniyatlarini koʻrib chiqayotgan edi. Natijada laynerlar Orenair ga sotildi.


Tez orada kompaniya qayta tuzildi, shundan soʻng, 2014-yilda Air Austral yana daromad olishni boshladi.



Yoʻnalish tarmogʻi



2021-yil 14-avgustdan COVID-19 pandemiyasi davrida muntazam reyslar toʻxtatildi. 2017-yil may oyida aviakompaniyaning yoʻnalishlar tarmogʻi quyidagi yoʻnalishlarni qamrab olgan edi:




Kod-sherenga shartnomalari




Flot





2022-yil fevral holatiga koʻra, Air Austral samolyotlarining oʻrtacha yoshi 5,3 yoshni tashkil etadi.




Ilgari Ekspluatatsiya qilingan

Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz