Ailee





Amy Lee (1989-yil 30-mayda tug'ilgan), Ailee nomi bilan tanilgan, Janubiy Koreyada yashovchi koreys-amerikalik qo'shiqchi va qo'shiq muallifi. Janubiy Koreyada raqamli savdo muvaffaqiyatiga erishib, u to'rtta studiya albomi, oltita mini-albom va yigirma bitta qo`shiq chiqargan, ulardan oltitasi Gaon Digital Chartning eng yaxshi beshligidan joy olgan.


Nyu-York shahridagi Muzo Entertainmentda qisqa muddatli faoliyatdan so'ng, 2010-yilda Janubiy Koreyaga ko'chib o'tgan va YMC Entertainment bilan shartnoma tuzgan. U 2012-yilda o'zining birinchi "Heaven" qo`shig`i bilan debyut qilgan, qo`shiq Gaon Digital Chartda uchinchi o'rinni egallagan va Melon Music mukofotlari, Golden Disc mukofotlari, Gaon Chart K-Pop mukofotlari va Seul musiqa mukofotlariga sazovor bo'lgan. U 2013-yildan 2016-yilgacha “U&I”, “Singing Got Better”, “Mind Your Own Business” va “If You” bilan ketma-ket toʻrt marta “Eng yaxshi ayol vokal ijrosi” nominatsiyasi sifatifa Mnet Asian Music mukofotini qoʻlga kiritgan. Uning 2017-yilgi Guardian: The Lonely and Great God (2016) koreys dramasining saundtracki uchun yozilgan I Will Go to You Like the First Snow qo`shig`i bir nechta mukofotlarni qoʻlga kiritgan va oʻsha yilning raqamli jihatdan eng muvaffaqiyatli qoʻshigʻi boʻlgan.




Hayoti va ijodi



Ailee 1989-yil 30-mayda Kolorado shtatining Denver shahrida tug'ilgan va Nyu-Jersida tarbiyalangan. Leoniaga ko'chib o'tishdan oldin Palisades Park o'rta maktabida o'qigan. Scotch Plains-Fanvud o'rta maktabini tugatgandan so'ng, u musiqa bilan shug'ullanish uchun ta`limni tashlamasdan oldin Pace universitetida aloqa bo'yicha tahsil olgan. K-pop debyutidan oldin, Ailee Nyu-York va Nyu-Jersidagi Muzo Entertainment mustaqil agentlik bilan shartnoma imzolagan. Ushbu yorliq ostida u bir nechta san'atkorlar, jumladan Jonniflo va Filadelfiyada yashovchi reper Decipher bilan birga ishlagan.  Janubiy Koreyaga ko'chib o'tishdan oldin, Ailee YouTube tarmog`ida "mzamyx3" va "aileemusic" kanallarini yaratgan. 




2012-yil 9-fevralda Ailee o'zining "Heaven" debyut qo`shig`ini va "Beast" Gi Kvang ishtirokidagi musiqiy videosini chiqardi. O'sha kuni u M Countdown dasturida "Heaven" debyut sahnasida chiqish qilgan. Qo`shiqlarining muvaffaqiyati Ailee 2012 Cyworld Digital Music Awards -da o'zining birinchi mukofotini qo'lga kiritishiga yordam bergan.




2013-yil 12-iyulda Ailee o'zining A's Doll House nomli ikkinchi qo'shig'ini chiqargan. Uning "U&I" nomli qo'shig'i chiqarilgandan so'ng to'rt soat ichida turli musiqiy chartlarda birinchi o'rinni egallagan.


2013-yil 6-noyabrda Ailee Warner Music Japan ostida "Heaven" va "Starlight" qo'shiqlarining yaponcha versiyasi bilan yapon tilida debyut qilgan.



Diskografiyasi




Filmografiyasi



Dramalarda




Teleko'rsatuvlarda




Konsertlari





Manbalar









uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz