Aiken (Janubiy Karolina)





Aiken  — Janubiy Karolinaning gʻarbiy qismidagi Aiken tumanida joylashgan eng yirik shahar va tuman markazi. Markaziy Savannah daryosi hududining ikkita eng yirik shaharlaridan biri. 1835-yilda asos solingan Aiken Janubiy Karolina temir yoʻli prezidenti William Aiken sharafiga nomlangan.


2021-yilgi AQSh aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, aholi soni 32,025 kishini tashlik qilgan.



Geografiyasi



Aiken 20 milya (32 km) Augusta shahridan shimoli-sharqda joylashgan.


Amerika Qoʻshma Shtatlari aholini roʻyxatga olish byurosiga koʻra, shahar 20.8 kvadrat mil (54.0 km) maydonga ega, shundan 20.7 kvadrat mil (53.6 km) quruqlik va 0.15 kvadrat mil (0.4 km) suvdan iborat.



Demografiyasi





2010-yildagi aholini roʻyxatga olish holatiga koʻra, saharda 29524 kishi va 12773 ta xonadon tashkil qilgan. Shaharning irqiy tarkibi 66,8% oq tanli, 28,5% qora yoki afro-amerikalik, 0,25% tubjoy amerikalik, 1,28% osiyolik, 0,01% Tinch okeani orollaridan, 0,44% boshqa irqlardan va 1,09% ikki yoki undan ortiq irqlardan iborat. Har qanday irqga mansub ispan yoki lotin xalqi aholining 2,6 foizini tashkil etgan.


Shaharda 10287 ta uy xoʻjaligi boʻlib, ulardan 28,1%ida 18 yoshgacha boʻlgan bolalar mavjud edi, 48,9%i turmush oʻrtogʻi bilan birga yashagan, 13,7%i beva, 34,3%i esa oilasizlarni tashkil qilgan. Barcha uy xoʻjaliklarining 29,6 foizi jismoniy shaxslardan iborat boʻlib, 11,6 foizida 65 yosh va undan katta boʻlgan yolgʻiz yashaydigan kishilarni tashkil qilgan.


Shaharda aholining 23,2%i 18 yoshgacha, 9,4%i 18 yoshdan 24 yoshgacha, 25,5%i 25 yoshdan 44 yoshgacha, 24,0%i 45 yoshdan 64 yoshgacha, 17,8%i 65 yosh yoki yoshi kattaroq.


Shahardagi uy xoʻjaliklarining oʻrtacha daromadi 49,100 dollarni, oilaning oʻrtacha daromadi esa 63,520 dollarni tashkil etgan. Erkaklar oʻrtacha daromadi 51,988 dollarni, ayollarniki esa 28,009 dollarni tashkil qilgan. Shaharning jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadi 24,129 dollardan iborat boʻlgan.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz