Ahror




Ahror (arab. - «hur» so‘zining ko‘pligi) - islomda «hur»,«ozod» ma’nolarini anglatuvchi tushuncha. Tasavvufda uch xil asirlikdan xalos topgan kishiga «hur» unvoni beriladi. Birinchisi - hayvoniy va shahvoniy his-tuyg‘ularni yengib, ularning asirligidan qutulish. Bu martaba nomi - «hurriyati omma». Bu xususiyat hammada ham bo‘lishi mumkin. Ikkinchisi - ortiqcha orzu-havaslardan voz kechish. Bu - «hurriyati xossa» atalib, u tasavvuf ahlining ko‘pchiligida topilishi mumkin. Uchinchisi - barcha dunyoviy taqlid, an’ana va mashg‘ulliklardan dilni pok tutish. Bu - «hurriyatu xossatil-xossa» deb atalib, u tasavvuf ahlining ayrimlarigagina nasib etadi.



Manbalar




Adabiyotlar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz