Aholi soni bo'yicha Braziliya shaharlari ro'yxati
Braziliyada urbanizatsiya darajasi yuqori hisoblanib, aholining 87,8% shahar va metropoliyalarda istiqomat qiladi. IBGE (Braziliya Geografiya va Statistika Instituti) tomonidan uy xoʻjaliklarining shahar yoki qishloqda ekanligini aniqlashda qoʻllaniladigan mezonlar rivojlangan muhitga emas, balki siyosiy boʻlinishlarga asoslanadi deya hisoblagan.
Hozirgi kunda mamlakatda 5570 ta munitsipalitet mavjud.
Bunda ikki istisnoli holat mavjud boʻlib, ikki shtat poytaxtlari oʻz shtatlaridagi eng shaharlar hisoblanishmaydi: Misol uchun Santa-Katarinaning poytaxti Florianopolis oʻz shtatida Joinvil shahridan keyingi ikkinchi yirik shahar hisoblanadi, Vitoriya esa Espirito-Santodagi toʻrtinchi yirik shahar hisoblanadi, garchi u metropoliya hududida joylashgan boʻlsa ham bu shtatning eng yirik shahri hisoblanmaydi.
Tarixi
Portugaliya mustamlakasi boʻlishdandan oldin, Braziliyada hindular deb nomlanuvchi nomaʼlum miqdordagi mahalliy aholi yashagan. Hindular, boshqa barcha amerikalik aholisi kabi, ming yillar oldin Osiyo qitʼasidan kelgan odamlarning avlodlari hisoblanadi. 1500-yildan boshlab Portugallar ushbu qit'aga kela boshlashgan. Taxminlarga koʻra, 1500-1808-yillarda Braziliyaga 500 000 ga yaqin portugallar kelgan. Ular mamlakatni mustamlaka qilishgan va Braziliyaning etnik tarkibiga taʼsir qilgan. 16-asr oʻrtalaridan boshlab afrikaliklar Braziliyaga shakarqamish fermalarida, keyinroq esa oltin va olmos konlarida va kofe plantatsiyalarida ishlash uchun olib kelindi. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, 1550-1850-yillarda (qul savdosi bekor qilinganda) Braziliyaga toʻrt millionga yaqin afrikalik kelgan. 19-asr oʻrtalarigacha Braziliya aholisining koʻp qismini qora tanlilar va mulatlar tashkil etgan.
Braziliyada, ayniqsa 1880-1930-yillarda yirik Yevropa immigratsiyasi sodir boʻldi. Italiyaliklar Braziliyadagi muhojirlar orasida birinchi ozchilik; undan keyin portugallar, ispanlar, nemislar va yaponlar.
Taxminan 100 yil davomida (1872-1975) Braziliya Yevropadan va dunyoning boshqa qismlaridan kamida 5,5 million muhojirni qabul qildi. Fozi hisobida aholi 34% italyan, 29% portugal, 14% ispan, 5% yapon, 4% nemis, 2% livan va suriyalik va 12% boshqalardan iborat.
Braziliyaning eng gavjum shaharlari
IBGE aholini roʻyxatga olish markazi ma'lumotlariga koʻra 2010-yil 1-avgustdan boshlab 2021-yil 1-iyul holatiga koʻra holat. [6], [7]
Shtat poytaxtlari
qalin belgi bilan, eng yirik shaharlari esa kursiv bilan yozilgan.
2010-yilgi aholini roʻyxatga olish ma'lumotlariga koʻra, Braziliya aholisi 190,755,799 kishini tashkil etadi. (har kvadrat kilometrga 22,40 aholi), aholining 84,36% shaharlarda yashaydi deb belgilangan. Aholining asosiy qismi janubi-sharqda (80,4 million) va shimoli-sharqda (53,1 million) zich joylashgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org