AHOLI GEOGRAFIYASI



AHOLI GEOGRAFIYASI – ijtimoiy-iqtisodiy geografiya sohasi. Aholining joylashuvi va hududiy tashkil topishi, jamiyat ishlab chiqarishi va jamiyatning atrof-tabiat bilan aloqasi jarayonida aholining tutgan o’rnini o’rganadi. Aholi geografiyasi aholi bilan bog’liq masalalar — aholi soni, tarkibi, joylashuvi va bu joylashuvning hududiy shakllari (shahar va qishloq joylari) ni va uning asosiy tarkibiy qismi bo’lgan mehnat resurslarini geografiya nuqtai nazaridan urganadi. Aholi geografiyasi asosida aholi migrasiyasi geografiyasi, aholi joylari (shaharlar va qishloqlar) geografiyasi, aholini takror barpo etilishi geografiyasi va mehnat resurslari geografiyasi shakllandi.


Uzpedia.uz