AHMEDOVA MA’SUMA (1921 – Buxoro — 1972) — zardo’z, O’zbekiston xalq rassomi. Yoshligidan Buxoro zardo’zlik fabrikasining ishchisi. Buxoro zardo’z ustalari Rasul Vosiyev, G’aybulla Muhamedovlardan ta’lim olgan, N. Aminov, R. Mirzayevlar tajribasidan o’rgangan. Zardo’zlik san’ati va badiiy usullarini mukammal egallagan. Badiiy buyumlarga naqshlar ishlagan, Nodir zardo’zi so’zanalar yaratishda qatnashgan: “Buzilmas ittifoq” (1957), “Girih” (1962, ikkalasi ham V. Stolyarov chizgisi asosida), “Anor” so’zanalari va boshqalar. Ayniqsa, “Bayram” so’zanasi (1958, chizgisini V. Stolyarov bilan hamkorlikda chizgan, hammasi amaliy san’at muzeyida) zardo’zlik san’ati an’analarining yorqin namunasidir.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish