AHMEDOVA MALIKA MUHAMEDOVNA



AHMEDOVA MALIKA MUHAMEDOVNA (1950.3.4, Chimkent viloyati Sayram qishlog’i) — raqqosa. O’zbekiston xalq artisti (1984). Toshkent xoreografiya bilim yurtining mumtoz raqs bo’limini (1968), Toshkent davlat jahon tillari institutini (1972) tugatgan. Ijrosidagi raqslar milliy bo’yoqlarga boyligi, sho’xchanligi, serjilva va nazokatliligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi raqslari: “Ko’zim Shaxloga tushdi”, “Tamanno”, “Ey dilbari jonon”, “Namangan tanavori”, “Maqom”, “Muhabbat”, “Zarafshon Malikasi”, “Nargiz”, “Xayolim senda” va boshqalar. “Maysaraning ishi” (S. Yudakov), “Zebuniso” (S. Jalil) operalarida balet partiyalarini ijro etgan. Shuningdek, repertuaridan Arab, afg’on, ispan, turk, Eron, hind va boshqa xalqlar raqslari o’rin olgan. Ahmedovaga bag’ishlab “Bu sehrli raqs dunyosi” videofilmi suratga olingan. Keyingi yillarda baletmeysterlik qilmoqda. Angliya, Avstraliya, AQSh, Italiya, Yugoslaviya, Yaponiya kabi mamlakatlarda gastrolda bo’lgan.

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz