Ahmedov Yoqub
Yoqub Ahmedov (1938-yil 3-yanvarda Namanganda tugʻilgan) – Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Toshkent sanʼat institutini tugatgan (1959). 1958-yildan Hamza teatrida. Dastlabki yillar yaratgan Ali Qushchi (Maqsud Shayxzoda, „Mirzo Ulugʻbek“), Murod (Uygʻun, „Parvona“), Leyster (Fridrix Shiller, „Mariya Styuart“) kabi rollari bilan oʻz ijod yoʻlini belgilab oldi.
Ahmedov ijodi ijtimoiy va gʻoyaviy mazmunga toʻla, ufqi keng, koʻp qirrali. Qahramon hatti-harakatlarini toʻgʻri gavdalantirish bilan birga uning ruhini, tafakkur kuchini, fikr va hissiyotlar toʻlqinini, uning kayfiyatini, buyuk insoniy fazilatlarini ochishga intiladi.
Eng yaxshi rollari: Hakimboyvachcha (Hamza, „Boy ila xizmatchi“), Sakson Nurtoyevich (O. Jahonova, „Hazrati ayol“), Toʻlagan (A. Ibrohimov, „Puch“), Kayhisrav (S. Sirojiddinov, „Toʻmaris“), Alisher Navoiy (Uygʻun, I. Sulton, „Alisher Navoiy“), Ikromjon (Said Ahmad, „Ufq“) va boshqalar.
Kinoda: Furqat („Furqat“), Amir Olimxon („Qora konsulning halokati“), Shayx Ismoil („Olovli yoʻllar“), Sultonali („Zulmatni tark etib…“), Ota („Ketma“), Aziz-bek, Yusufbek hoji ("Oʻtgan kunlar") kabi rollari bilan tanildi. Shuningdek, bir qancha videofilmlarda ham turli xarakterdagi kishilar obrazini yaratdi: Muhiddin (Odil Yoqubov, „Ulugʻbek xazi-nasi“), Rasul Olloyorovich (Oʻ. Usmonov, „Girdob“), Alisher Navoiy (Oybek, „Alisher Navoiy“), Sandro (Nodar Dumbadze, „Abadiyat qonuni“) va boshqalar. Alisher Navoiy obrazini Ahmedov oʻziga xos talqin etdi. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1997).
Oilasi
Yoqub Ahmedov aktrisa Klara Jalilova bilan turmush quradi va bir necha yildan soʻng ular ajrashishadi. Ularning Furqat Ahmedov ismli oʻgʻli bor.
Filmografiya
Film
Serial
Manbalar
uz.wikipedia.org