AHMEDOV UMRZOQ



AHMEDOV UMRZOQ (1887-1954) -marg’ilonlik yog’och o’ymakori. Qo’qon va Marg’ilon o’ymakorlarining an’analarini rivojlantirdi. O’yma bezakli eshik, darvoza va boshqa me’moriy qurilmalar ustasi sifatida Shuhrat qozondi, “Ustoi xudrod” (“Mustaqil ishlovchi usta”) laqabini olgan. U lo’la pardoz uslubida yog’ochga naqshlar solgan, ilk bor yog’och o’ymakorligida qora lok bilan ishlashni qo’llagan. Ahmedovning ayrim asarlari O’zbekiston davlat san’at muzeyi va respublika amaliy san’at muzeyida saqlanmoqda.

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz