AHMEDOV TURSUN



AHMEDOV TURSUN (1917.7.11, Toshkent — 1983.16.9) — naqqosh, kulol, ganch o’ymakori; O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1974). Toshkent badiiy o’quv ishlab chiqarish kombinatida tahsil ko’rgan (1935 38). Navoiy teatrini ta’mirlashda qatnashgan. 1969-78 yillar Toshkentda qurilgan ko’pgina yangi inshootlar (jumladan, hozirgi O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi binosi) ni bezashda faol ishtirok etgan. Toshkent uslubida naqshlagan mebellari, islimiy naqshlar bilan bezagan laganlari va boshqa asarlari bilan xalqaro va respublika ko’rgazmalarida ishtirok etgan. Asarlari O’zbekiston san’at muzeyi (“Namoyon”, 1958, yog’och, tempera) va amaliy san’at muzeyida (masalan, 8 qirrali kursi) saqlanadi.

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz