AHMEDOV TURG’UN (1925, Mirzacho’l shaharchasi, hozirgi Guliston shahri— 1944.30.7) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1-Moskva o’qchi diviziyasi 169-polkining jangchisi, kichik serjant. 1944 yil 14 iyulda Litvaning Alitus shahri yaqinida Neman daryosini birinchilardan bo’lib kechib o’tib, dushmanning qarshi hujumini qaytarib turgan. 1944 yil 30 iyulda Litvaning Alitus tumanida qahramonlarcha halok bo’lgan. Neman daryosidan o’tish paytida ko’rsatgan jasorati uchun Ahmedovga o’limidan keyin qahramon unvoni berilgan (1945 yil 2 mart).
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish