AHMEDOV SHOKIR



AHMEDOV SHOKIR (1943.25.2, Toshkent) — baletmeyster. O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2000). Toshkent davlat xoreografiya bilim yurtini (1962), Moskva davlat teatr san’ati institutining baletmeysterlik fakultini (1972) tugatgan. 1962-65 yillar O’zbek davlat Katta ashula va raqs ansamblida, 1972-74 yillar “Shodlik” ansamblida, 1974 yildan Muqimiy teatrida bosh baletmeyster. Ahmedov sahnalashtirgan eng yaxshi raqslar: “Erkaklar katta raksi”, “Uchrashuv”; spektakllarda — “Jonim fido”, “Nurxon”, “Arshin mol olon”, “Super qaynona”, “Dilafro’zga to’rt oshiq”, “Taqdir”, “Ur, to’qmoq!”, “Paranji sirlari” va boshqalar. Ahmedov O’zbekistonda o’tkaziladigan tantanali bayramlarda bosh baletmeyster sifatida ishtirok etgan. Raqslarida zamonaviy-ijtimoiy ruh asosiy o’rin tutadi. Mumtoz raqslarga ham yangicha sayqal berish, doimo originallikka, o’ziga xos raqslar yaratishga intilish Ahmedov ijodiga xosdir.

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz